"Qizilqum" - "Mash’al" o‘yinida 31, 9, 13 raqamlari nimani anglatadi?

  • 22 sentabr, 2020, 12:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Soca Cola Superligasining 16-turida Muborakning “Mash’al” klubi Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Muborakliklar matbuot xizmati o‘yinga oid raqamlarni taqdim etdi.

Birinchi davra

14 mart kuni birinchi davraning 3-turida Muborakda bo‘lib o‘tgan uchrashuvuda durang (1:1) qayd etilgan. Gollarni 12-daqiqada Sunnatulla Abdullajonov va 22-daqiqada Mo‘minjon Meliev kiritgan.

O‘zaro o‘yinlar

“Qizilqum” va “Mash’al” shu kungacha chempionat bahslarida 31 marta to‘qnash kelgan. G‘alabar bo‘yicha tenglik. Jamoalar 9 tadan yutuqqa erishgan. 13 o‘yin durang bilan yakunlangan. "Gazchilar" raqib darvozasini 42 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, navoiylar esa 38 gol urishgan. “Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:1ga teng. “Qizilqum”da bu ko‘rsatkich 6:3 bo‘lib turibdi.

Boshlanish vaqti

“Qizilqum” – “Mash’al” uchrashuvi bugun Navoiyda “Yoshlar sport majmuasi” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin soat 19:00da "Dunyo bo‘ylab" telekanali olqali jonli efirda namoyish etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!