"Qizilqum" gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Grigol Chabradze — «Qizilqum» futbolchisi!
Gruziyaning uch karra chempioni, ikki marta kubok sohibi bo‘lgan tajribali himoyachi Grigol Chabradze endilikda "konchilar" sharafini himoya qiladi. Futbolchi navoiyliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Grigol Chabradze haqida:
Tug‘ilgan kuni: 20.04.1996 yil
Tug‘ilgan joyi: Tbilisi — Gruziya
Pozitsiya: himoyachi
To‘p tepgan jamoalari: «Dila» (Gruziya), «Zob Ahan» (Eron), «Dinamo Batumi» (Gruziya), «Saburtalo» (Gruziya), «Telavi» (Gruziya)
Fikrlar