"Qizilqum" ikkita sifatli transferni amalga oshirdi

  • 27 yanvar, 2022, 09:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bosh murabbiyni almashtirgan "Qizilqum" yana ikkita transferni e’lon qildi. Bobur Yo‘ldoshev va Shuhrat Muhammadiev yangi mavsumni navoiyliklar safida harakat qiladi.

Faoliyatining aksariyat qismini Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida o‘tkazgan, 2016 yil ushbu jamoa bilan O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, 2014 – 2016 yillarda O‘zbekiston kubogi g‘olibligiga erishgan, 2014 yildan 2016 yilgancha, ketma – ket uch yil chempionat kumush medallarini qo‘lga kiritgan, qolaversa 2012 yilda bir bora O‘zbekiston chempionatida bronza medalini o‘ziniki qilgan, 2013 yilda Turkiyada bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jaxon chempionatida terma jamoamizning kuchli 8 jamoa qatoriga kirishiga o‘zining xissasini qo‘shgan, tajribali himoyachi Boburbek Yo‘ldoshev boshlanchak mavsumni “Qizilqum” jamoasi libosida boshlaydi.

Boburbek Yo‘ldoshev xaqida qisqacha ma’lumot:

Ismi sharifi: Bobur Yo‘ldoshev

Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona, O‘zbekiston

Tug‘ilgan sana: 08.04.1993. y

Millati: o‘zbek

Amplua: himoyachi

Futbolchining to‘p surgan jamoalari: “Lokomotiv” (Toshkent), “Neftchi” (Farg‘ona), AGMK.

“Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 2017 va 2018 yillarda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarkibida O‘zbekiston chempionatida chempion bo‘lgan, 2013 – 2014 yillarda esa O‘zbekiston chempionatida bronza medaliga ega chiqqan hamda 2013 yilda O‘zbekiston kubogi finaliga chiqib kumush medalini qo‘lga kiritgan. Qarshining “Nasaf”, Muborakning “Mash’al” hamda Toshkentning “ Lokomotiv” jamoasida faoliyat yuritib almashtirib bo‘lmas himoyachiga aylangan Shuhrat Muhammadiev 2022 yilgi mavsumda “Qizilqum” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Shuhrat Muhammadiev xaqida qisqacha ma’lumot:

Ismi sharifi : Shuhrat Muhammadiev

To‘g‘ilgan sana: 29.06.1989. y

Tug‘ilgan joyi: Shahrisabz, Qashqadaryo vil.

Millati: O‘zbek

Amplua: Himoyachi

Shuhrat Muhammadiev to‘p surgan jamoalar: “Mash’al”, “Nasaf” , “Lokomotiv”.

"Qizilqum" klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!