"Qizilqum" "Nasaf"ning sobiq legioneri bilan shartnoma tuzdi

  • 18.01.2025 23:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Navoiyning "Qiziqum" klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Bu safar yana bir legioner bilan shartnoma imzolandi.

Serbiyalik hujumchi Alen Mashovich endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi. Klub matbuot xizmatining yozishicha, u bilan bir yillik bitim imzolangan.

 Alen Mashovich haqida:

Tug‘ilgan sanasi: 07.08.1994 yil
Tug‘ilgan joyi: Novi Pazar — Serbiya
Ampluasi: hujumchi
To‘p tepgan jamoalari: "Partizan" (Serbiya), "Vojdovas" (Serbiya), "Matida Zelviya" (Yaponiya), "Nasaf" (Qarshi), "Dechich" (Chernogoriya).

Muxlislar uni aynan "Nasaf"da 2022 yilgi mavsumdagi o‘yinlari orqali eslab qolishgan. Lekin o‘shanda qarshiliklar safida ko‘p o‘ynamagan. Faqatgina 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 

Mashovichning oxirgi klubi Chernogoriyaning "Dechich" jamoasi bo‘lib, 17 ta o‘yinda 3 gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!