"Qizilqum" o‘zaro o‘yindagi g‘alabalar soni bo‘yicha AGMKga etib olishi mumkin

  • 26.10.2021 18:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi chorak finalida AGMK raqibi Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bo‘ladi.

Ushbu qarama-qarshilikda jamoalar 30 bor to‘qnash kelgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik jamoamiz tarafida. AGMK hisobida 13 g‘alaba, «Qizilqum»da esa bitta kam - 12 g‘alaba mavjud. Qolgan 5 o‘yinda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati ham AGMK foydasiga: 49-42.

O‘yin 28 oktyabr kuni soat 18:15da Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

AGMK klub matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!