"Qizilqum" sobiq futbolchisini ortga qaytardi

  • 26.12.2025 16:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Navoiyning "Qizilqum" klubi Humoyunshoh Sayyotovni yana o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqida klubning matbuot xizmati ma’lum qildi. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi va klub o‘rtasida bir yillik bitim imzolandi. Humoyunshoh o‘tgan mavsumni Olmaliqning OKMK safida o‘tkazgan va umumiy 13 ta o‘yinda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan. 
 
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli darvozabon 2023-2024-yilgi mavsumda ham "Qizilqum" jamoasi tarkibida harakat qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!