"Qo‘qon-1912" klubi ham xayriya aktsiyasiga qo‘shildi
Ayni kunlarda Respublikamizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ko‘plab xayrli ishlarga qo‘l urilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakatini tashkil qilingani esa, og‘ir kunlarda qiynalgan xalqimizga ko‘rsatilgan yuksak hurmat namunasi bo‘ldi. "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati doirasida Qo‘qon shahrida ham minglab ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari etkazildi.
Albatta bunday kunlarda “Qo‘qon-1912” futbol klubi ham qarab turgani yo‘q. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, kecha jamoa tomonidan "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati doirasida 10 000 000 so‘m xayriya mablag‘lari ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga yordam uchun o‘tkazib berilgan.
“Qo‘qon-1912” futbol klubi bundan bir necha kun muqaddam o‘zining muxlislari orasida kam ta’minlangan oila a’zolariga hamda Muqimiy mavzesida istiqomat qiladigan 10 nafar nogironligi bor oila a’zolariga 10 000 000 so‘m miqdorida xayriya qilgan edi.

Fikrlar