"Qo‘qon-1912" klubi "Lokomotiv"ning OChL o‘tish o‘yinidagi raqibi bilan o‘ynaydi

  • 04.01.2020 18:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qo‘qon-1912" jamoasi bugun Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. 21 yanvarga qadar davom etadigan yig‘in davomida murabbiylar bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni ham rejalariga kiritishgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, bu uchrashuvlarning dastlabkisi Tojikiston chempioni, Dushanbening "Istiqlol" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Tojikistonliklar Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi dastlabki o‘yinini 21 yanvar kuni Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan o‘tkazadi.

"Qo‘qon-1912" - "Istiqlol"(Dushanbe) uchrashuvi 9 yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!