"Qo‘qon-1912" qishki ta’tilga chiqdi
"Qo‘qon-1912" jamoasi deyarli 10 kun davom etgan ilk yig‘indan so‘ng qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Bu xususida matbuot xizmati ma’lum qildi.
Endi Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoa 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqichini 3 yanvar sanasidan boshlab Qo‘qon shahrida davom ettiradi.
Ushbu yig‘indan so‘ng jamoa a’zolari Tojikiston va Turkiya Respublikalarida yig‘inning navbatdagi bosqichlarini o‘tkazishadi.
Bo‘lajak yig‘inlarda jamoa safiga bir qator mahoratli va tajribali futbolchilar kelishi kutilmoqda.
Fikrlar