"Qo‘qon-1912" tarkibida yangi futbolchilar paydo bo‘ldi (FOTO)
"Qo‘qon-1912" jamoasi 2020 yilning dastlabki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Toshkent shahrida o‘tkazmoqda.
Kecha jamoa a’zolari dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazishgan edi. Bugun esa Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari ikki mahal mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar "Paxtakor" akademiyasiga qarashli su’niy qoplamali maydonda hamda "Bunyodkor" akademiyasining tabiiy maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda.
"Shunqorlar"ning bugungi mashg‘ulotlariga yangi futbolchilar kelib qo‘shilgan. Barcha muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi, Osiyo chempioni Andrey Sidorov hamda yarim himoyachi Sobit Sindarov Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan kelib qo‘shilishgan. Hozircha bu futbolchilar qo‘qonliklar ko‘rigida bo‘lib turishibdi.
Shuningdek, o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi tarkibida o‘tkazgan Muhammadanas Xasanov ham ijara muddati yakuniga etgach , jamoa tarkibiga qaytib kelgan.
"Qo‘qon-1912" jamoasi 9 yanvar kuni Dushanbening "Istiqlol" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi. Yana ikkita o‘rtoqlik o‘yinlari uchun sparring raqiblar bilan kelishuvga erishildi. Bu haqida keyingi xabarlarimizda batafsil ma’lumot beramiz.




Manba: "Qo‘qon-1912" telegram rasmiy kanali

Fikrlar