"Qo‘qon-1912" Turkiyadagi o‘quv-yiğin mashg‘ulotlarini yakunladi
"Qo‘qon-1912" jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini yakunladi. Jamoa uch hafta davomida Antaliyada mashg‘ulot olib bordi. Mashg‘ulotlar davomida jami 5 ta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlarining uchtasida g‘alaba qozondi va qolgan ikkita bahsda mag‘lub bo‘ldi.
Turkiyadagi yig‘inda qayd etgan natijalari bilan tanishing:
"Qo‘qon-1912" — "Vushtrria" 0:2
"Qo‘qon-1912" — "Shinnik" 2:0
"Qo‘qon-1912" — "Meshakhte" 1:0
"Qo‘qon-1912" — "Shaxtyor" 3:1
"Qo‘qon-1912" — "Milsami" 0:1
Endi jamoa qisqa ta’tilga chiqadi va shundan so‘ng mavsum startining yakuniy bosqichini olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, jamoa Superliganing birinchi turida "Buxoro"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 27 fevral sanasida bo‘lib o‘tadi
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar