"Qo‘qon-1912" uch nafar futbolchisi bilan xayrlashdi
Pro liga qatnashchisi «Qo‘qon-1912» tarkibida o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 1-davradan so‘ng bir qator futbolchilar bilan rasman xayrlashishdi.
Mavsumni birinchi davrasida jamoa safida harakat qilgan Bobur Sobirov, Usmonali Abdukarimov va Mustafo Abdumannopov rasman tark etishdi. Ushbu o‘yinchilar va klub o‘rtasidagi shartnomalar ikki tomonlama bekor qilindi.
Fikrlar