
"Qo‘qon-1912"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi va uning yordamchilari ham aniqlandi
Bugun “Qo‘qon-1912” jamoasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ishda klubda katta murabbiy sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Haydarov “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Endilikda unga “Lokomotiv” klubi yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan Aripov Rustam Abdurasulovich yordam beradi. Rustam Aripov Bahrom Haydorov bilan “Surxon” jamoasida ham birgalikda faoliyat olib borgani qayd o‘tish lozim.
Shuningdek, Rahmatjon Inog‘omov ham murabbiylar shtabida faoliyatini davom ettiradi. Xurshid Xo‘jaev esa bundan buyog‘iga darvozabonlar bilan ishlaydigan bo‘ldi.
Xurshid Xo‘jaev “Andijon”, OKMK, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912”, “Navbahor” kabi jamoalarda faoliyat olib borgan. 36 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsum darvozabonlik faoliyatini yakunlagan. Xo‘jaev joriy yildan boshlab “Nesterov darvozabonlar maktabi”da yosh va iste’dodli darvozabonlar bilan ishlab kelayotgan edi.
Shu vaqtga qadar jamoada faoliyat olib borgan bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov, darvozabonlar murabbiyi Andrey Baklanov va sport direktori Abduvahob Ahmadaliev bilan do‘stona xayrlashildi.
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar