Qozog‘iston. Jaloliddinovning jamoasi mavsumni g‘alaba bilan boshladi
Bugun Qozog‘iston chempionatida 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Jasur Jaloliddinov faoliyat olib boradigan “Qayrat” jamoasi o‘z maydonida “Aktobe”ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz maydonga tushmadi va zaxirada qoldi. Olmotaliklar o‘zlarining navbatdagi o‘yinini 11 mart kuni safarda “Maqtaaral”ga qarshi o‘tkazadi.
Qozog‘iston Premer-ligasi. 1-tur
“Qayrat” – “Aktobe” 2:0
Gollar: Joze Kante (67 pen, 86).
Fikrlar