Rafinyaga Saudiyadan katta taklif: "Barselona" yetakchisi oldida tanlov
"Barselona" vingeri Rafinya Dias Saudiya Arabistoni klublari qiziqish doirasida qolmoqda.
Manbalarga ko‘ra, nomlari oshkor etilmagan saudiyalik jamoalar yozgi transfer oynasida braziliyalik futbolchi uchun 90 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, o‘yinchiga yiliga taxminan 30 million yevro maosh taklif qilinishi kutilmoqda.
Yaqinda Rafinya o‘z kelajagi borasida hali yakuniy qaror qabul qilmagani haqida xabarlar tarqaldi. Avvalroq esa 29 yoshli futbolchi "Barselona"da qolishni reja qilayotgani aytilgan edi.
Ma’lumot uchun, hujumchi bilan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar