Ramos 100-golini urdi

  • 20 iyul, 2020, 14:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” Madrid klubi himoyachisi Serxio Ramos kecha “Leganes”ga (2:2) qarshi o‘yinda gol urdi.

E’tiborlisi, 34 yoshli futbolchi shu tariqa, klub miqyosida urgan gollari sonini 100 taga etkazib oldi. U ushbu gollarning 97 tasini “Qirollik klubi” safida, qolgan 3 tasini esa “Sevilya”da kiritgan.

Ramosning 100 ta golidan 72 tasi La Ligada, 7 tasi Ispaniya kubogida, 13 tasi Chempionlar ligasida, 2 tasi Ispaniya Superkubogida, 2 tasi UEFA Superkubogida va 3 tasi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida kiritilgan.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Ramos “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purar himoyachi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Serxio Ispaniya terma jamoasida ham 21 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!