Ramos "Al-Nassr"ga o‘tadimi? Uning kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda
"Pari Sen-Jermen" rahbariyati hamon Serxio Ramosning kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar rahbariyati "El-kapitano" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Bunga sabab qilib ispaniyalik futbolchi so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan ishonchli o‘yin taxmin qilinyapti.
Shuningdek, "Al-Nassr"dan bo‘layotgan qiziqish tufayli ham PSJ uni tekinga qo‘yib yubormaslik maqsadida yangi bitim taklif etishi ehtimoldan holi emas.
36 yoshli Ramos joriy mavsum parijliklar safida 21 o‘yin o‘tkazdi va 1tadan gol hamda assist muallifiga aylandi.
Fikrlar