
Ramos Kasilyasning rekordini yangiladi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya terma jamoasi Evro-2020 saralashi doirasida safarda Farer Orollarini 4:1 hisobida engdi. Shu kuni gollarning biriga himoyachi Serxio Ramos mualliflik qildi.
E’tiborlisi, bu 33 yoshli futbolchi uchun Ispaniya terma jamoasi safidagi 122-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa Ramos sobiq jamoadoshi Iker Kasilyasning rekordini yangiladi.
Bu borada keyingi o‘rinlarda afsonaviy Xavi (100 ta g‘alaba) va Inesta (96 ta g‘alaba) bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord hali ham Kasilyasga tegishli. U “qizil furiya” tarkibida 167ta o‘yinda maydonga tushgan. Ramosda esa ushbu ko‘rsatgich 164 tani tashkil etadi.
Fikrlar