Ramos nega maydonga tushmayapti? Pochettino javob berdi
Frantsiya chempionati 20-turi doirasida peshqadam PSJ va "Lion" 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Serxio Ramos haqida berilgan savolga shunday javob berdi:
"Ramos sog‘lom. Ammo jamoadagi hamma asosiy tarkibdagi joy uchun kurashmoqda. Men shunchaki bugun himoya markazida Kimpembe - Markinos juftligini o‘ynatishga qaror qildim".
35 yoshli futbolchi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Umuman olganda, u joriy mavsum Liga 1 da atigi ikkita bahsda maydonga tushdi. Ulardan bir martasi asosiy tarkibda.
Ramos yozda 16 yillik faoliyatidan so‘ng "Real"dan Parijga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar