Ramos PSJda qolishni istamoqda

  • 19 may, 2023, 14:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ himoyachisi Serxio Ramos yana bir yil Frantsiya chempionatida qolmoqchi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi parijliklar bilan yakunlangan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.

Manbaning ta’kidlashicha, klub Ramosning xohishiga qo‘shiladi va tajribali futbolchini yana bir yil saqlab qolmoqchi. Tomonlar yaqin vaqt ichida muzokaralarni boshlash va imkon qadar tezroq bitim tuzish niyatida.

Avvalroq Ramosning professional faoliyatini boshlagan "Sevilya"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!