
Ramos yoki Van Deyk? Muxlislar kimni eng yaxshi deb etirof etishdi?
GiveMeSport nashri o‘zining Facebook sahifasidagi o‘quvchilaridan "Real" himoyachisi Serxio Ramos yoki "Liverpul"futbolchisi Virjil van Deykdan birini tanlash kerakligini iltimos qildi.
168 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan so‘rovnomada Ramos 55 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida Ramos 4 marotabadan Ispaniya chempionati va EChL g‘olibligini, shuningdek, terma jamoa safida jahon va evropa chempionati unvonini qo‘lga kiritgan.
Van Deyk esa amaldagi EChL g‘olibi hisoblanadi. U "Oltin to‘p-2019" uchun kurashda ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar