Ramosga Braziliya chempionatidan taklif bor
PSJ bilan xayrlashib, ayni dam erkin agent bo‘lib turgan Serxio Ramos faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Himoyachini "Flamengo" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar berdi Argentinaning "Doble Amarilla" nashri.
Mish-mishlarga ko‘ra, 37 yoshli futbolchiga "Inter Mayami"dan qiziqishlar bor. Shuningdek, Saudiya Arabistoning bir nechta klublari ham Ramosni kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, "Flamengo" Braziliya chempionatida 14-turdan keyin 26 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar