Raneri muhim o‘yin oldidan Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

  • 28 oktabr, 2023, 23:59
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionatining o‘ninchi turida A Seriyaning ikki debyutanti – “Kalyari” va “Frozinone” futbolchilari o‘zaro kuch sinashadi.

Bu bahsga sardiniyaliklar mezbonlik qiladi. Ko‘pchilik aynan mana shu uchrashuvda Klaudio Raneri shogirdlari g‘alabasiz seriyasiga barham berishini kutmoqda. Italiyalik mutaxassis bo‘lajak bellashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

8c918d6beddb4f5ae04e24bc0e55bf75

Uchrashuv haqida

Bu galgi o‘yin ham xuddi boshqalari singari juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz ishlari yaxshi ketayotgan jamoaga  tzo‘qnash kelyapmiz. “Frozinone” bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko o‘zining futbolini hayotga tatbiq qila oldi. “Frozinone” va “ Lechche” kabi jamoalar joriy mavsum kashfiyotiga aylandi va biz ular bilan oxirigacha kurashishimizga to‘g‘ri keladi. O‘yin murakkab, og‘ir, lekin qiziqarli bo‘ladi.

Taktika haqida

Men hech qachon oldindan bitta taktika tanlab qo‘ymayman. Hammasi futbolchilarning ishi qanday ketayotoaniga qarab hal qilinadi. Menda doimiy bitta o‘yin sxemasi yo‘q. “Frozinone” ham 4-3-3 taktik sxemasini ko‘p qo‘llaydi, lekin o‘yin uslubi turlicha. Shuning  uchun ham kimlarni o‘yinga tushirish va tarkib tanlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Tarkib tanlash shaxsan o‘zimning ishim.

Asosiy hujumchi haqida

Lapadula to‘liq sog‘ayganidan keyin o‘ynaydi, u bizning asosiy hujumchimiz bo‘lib qolaveradi.  Janluka safga qaytishga yaqin, u mashg‘ulotlarda yaxshi ishlayapti. Lekin darrov maydonga tushib, o‘ynab ketishi qiyin masala. Hozir Zito Luvumboning xizmatlariga muhtoj ekanimiz ayni haqiqat. U urayotgan gollardan bahra olaylik.

Andrea Petanya haqida

Petanya dastlabki uchrashuvini juda yaxshi boshlagan edi. Keyin mushagini shikastlab oldi va ikki hafta shug‘ullana olmadi. Petanya haddan ortiq kurashadi, u ba’zan o‘zini asrashi kerak. Biz Petanyaning jismoniy holatini tezroq tiklash uchun barcha choralarni ko‘ryapmiz.

Naytan Nandes haqida

Nandes biz uchun muhim o‘yinchi. Naytan himoyadan hujumga o‘tadigan jarayonni boshqaradi. Mankosu bu borada qo‘shimcha kuch. Marko ham hozir yaxshi formada. To‘liq kuchga kirganidan keyin undan ko‘proq foydalanaman.

Eldor Shomurodov haqida

Futbolchilarimizning “Salernitana”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinidan juda mamnun bo‘ldim. Lekin natija haqida bunday deb bo‘lmaydi. Eng muhimi, sport formasini yaxshilab olishi talab etilgan ayrim futbolchilarimiz jismoniy holatida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lyapti. Men Eldor Shomurodovni nazar tutyapman. Shuningdek, Yakub Yankto va Marko Mankosuni ham.

gettyimages-1686728418-612x612

Eslatib o‘tamiz, “Kalyari” va “Frozinone” o‘rtasidagi uchrashuv 29 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Shomurodovdan yaxshi natija

Fayzullaev “Barselona”da o‘ynamoqchi...

O‘zbekiston xalqaro musobaqa g‘olibligi uchun Afrika chempioni bilan to‘qnashadi

“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda

Superkompyuter Fayzullaev chempionatni nechanchi o‘rinda yakunlashini aytib berdi

Evropadan futbolchilarimiz chempionligiga munosabat bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!