
Raqib futbolchilari nega Ronalduni kutishdi?
Polsha terma jamoasi futbolchilari Krishtianu Ronaldu bilan suratga tushishdi.
Millatlar ligasi doirasidagi Portugaliya - Polsha bahsidan so‘ng "Inter" futbolchisi Petr Zelinskiy va "Roma" futbolchisi Nikola Zalevski Portugaliya terma jamoasi hujumchisini stadiondan chiqayotganda kutib, u bilan suratga tushishmoqchi edi.
Millatlar ligasi guruh bosqichi yakuniga qadar Portugaliya terma jamoasi 13 ochko bilan A ligada 1-guruhda peshqadamlik qilmoqda. Polsha 4 ochko bilan 3-o‘rinni egallab, pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi.
Fikrlar