Rasman! "Andijon" klubi "Aral Samali"ga qarshi o‘yin uchun Nukusga bormaydi!

  • 19.04.2022 16:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Ma’lumki, O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 3-tur doirasidan o‘rin olgan “Aral Samali” – “Andijon” uchrashuvi 20 aprel kuni Nukusda o‘tkazilishi lozim edi.

Jamoamiz rejaga asosan bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkentga yo‘lga chiqishi va ertalab tongda samolyot orqali Nukusga jo‘nab ketishi ko‘zda tutilgandi. Lekin oxirgi paytlarda klubda yuz berayotgan moliyaviy muammolar yakunda “Andijon” klubining Nukus safarini amalga oshirishi uchun to‘sqinlik qildi.

Shu sababli “Andijon” jamoasi “Aral Samali” maydonida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuv uchun bora olmaydi va buning uchun muxlislarimizdan uzr so‘raymiz!

Voqealarning keyingi rivoji bo‘yicha yana ma’lumotlarni berib boramiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!