
Rasman! "Andijon" xorijlik murabbiy bilan kelishuvga erishdi
Muborakning "Mash’al", Qarshining "Nasaf" va Olmaliqning AGMK klublari orqali o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Andijon" futbol klubi rahbariyati rossiyalik mutaxassis bilan muzokara olib bordi va muzokara natijalari ijobiy yakunlandi. 57 yoshli mutaxassisning so‘nggi jamoasi Qozog‘istonning "Atyrau" klubi bo‘lgan edi.
Ma’lum muddat Qozog‘iston terma jamoasida murabbiylik qilgan Viktor Kumikov faoliyati mobaynida ikki marta Qozog‘iston chempioni, bir marta mamlakat Kubogi va Superkubok sohibi bo‘lgan hamda uch marotaba mamlakatning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan.
Fikrlar