Rasman! "Arsenal" etakchisi jamoadan ketadigan bo‘ldi

  • 3 iyun, 2022, 16:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" futbolchisi Aleksandr Lyakazett 5 yillik faoliyatidan so‘ng jamoani tark etadigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 

Katta ehtimol bilan Lyakazett sobiq klubi "Lion" safiga borib qo‘shiladi. Transfer frantsuz klubi uchun tekinga tushadi. Sababi, Aleksandr London klubidan erkin agent sifatida ketadi. 

Ma’lumot o‘rnida, futbolchi "to‘pchilar" safiga 2017 yil kelib qo‘shilgan. Shu vaqtga qadar u jamoada 206 o‘yinda ishtirok etib, 71 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!