Rasman! "Atletiko" "Chelsi" etakchisini tekinga qo‘lga kiritdi
“Chelsi” himoyachisi Sezar Aspilikueta faoliyatini vatanida davom ettiradigan bo‘ldi. 33 yoshli ispaniyalik futbolchi Madridning "Atletiko" klubiga ko‘chib o‘tdi.
“Matraschilar” tajribali futbolchi bilan bir mavsumlik shartnoma imzolaganini malum qilishdi.
Aspilikueta "Chelsi"ni shartnomasi tugagach erkin agent sifatida tark etdi va “Atletiko” safiga tekinga kelib qo‘shildi.
Fikrlar