Rasman! "Chelsi" 4 nafar futbolchi bilan xayrlashganini e’lon qildi
Londonning “Chelsi” klubi o‘zining rasmiy saytida 4 nafar futbolchi bilan xayrlashganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ingliz klubi himoyachilar Andreas Kristensen va Jeyk Klark-Salter, yarim himoyachilar Daniel Drinkuoter va Charli Musonda bilan xayrlashdi. Aytish krakki, ushbu futbolchilarning shartnomalari iyun oyi oxirida tugaydi va shu sababli jamoani ular erkin agent sifatida tark etishdi.
26 yoshli Kristensen 2014 yildan buyon “Chelsi”da to‘p surib kelayotgan edi. U klub safida jami 161 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
24 yoshli Klark-Salter 2018 yildan buyon “Chelsi”da o‘ynab kelmoqda va klub safida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos.
32 yoshli Drinkuoter 2017 yildan buyon "Chelsi"da to‘p suradi. U klub safida jami 23 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.
25 yoshli Musonda esa 2017 yildan buyon “aristokratlar” safida to‘p suradi va 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar