Rasman! "Chelsi" yangi hujumchi sotib oldi
"Charlton" klubi hujumchisi Meyson Berstou "Chelsi"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “aristokratlar” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Hozircha 18 yoshli futbolchining transferi London klubiga qanchaga tushgani ochiqlanmayapti. U joriy mavsum oxirigacha "Charlton"da ijarada o‘ynaydi.
Berstou joriy mavsum 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar