Rasman! Jasur Yaxshiboev yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi (Foto)
O‘tgan mavsumda Belarus chempioni bo‘lgan Jasur Yaxshiboev faoliyatini yana Evropada davom ettiradigan bo‘ldi.
“Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi endi Polshaning etakchi klublaridan hisoblangan “Legiya” bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimiz “Legiya” bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar bitim tuzdi.

“Legiya” Polshaning amaldagi chempioni hisoblanadi. 1916 yilda tuzilgan ushbu klub faoliyati davomida 14 marotaba mamlakat chempionati g‘olibi bo‘lgan. O‘n uch marta kumush va o‘n to‘rt marotaba bronza medalga ega chiqqan. “Legiya” Polshaning ichki musobaqalarida jami 37 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar