Rasman: Joau Mariu Moskva klubiga o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" klubi yarim ximoyachisi Joau Mariu Moskvaning "Lokomotiv" klubiga ko‘chib o‘tdi.

Ruslar futbolchini 18 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishdi. Portugaliyalik "Lokomotiv"da 23-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mariu Rossiyada yiliga 3,5 mln evro maosh ishlab topadi.

So‘nggi mavsumda, Joau Mariu "A" Seriyaning 20 ta bahsida qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta assistlik vazifasini bajardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!