
Rasman! Mateu Alemani "Barselona"ni tark etadi
Rasman "Barselona" sport direktori Mateu Alemani yozda jamoani tark etadi. Sababi, uning amaldagi shartnomasi 30-iyunda o‘z nihoyasiga etadi. Yangi bitim tuzilmadi va 60 yoshli mutaxassis 2 yillik faoliyatidan keyin Kataloniyadan ketadi.
Insayder Jerrard Romero xabar berishicha, Alemanining keyingi manzili Angliya bo‘lishi mumkin. Uning xizmatlariga "Aston Villa" qiziqmoqda. Mateuning o‘zi ham Unai Emeri bilan birgalikda ishlashdan xursand bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Alemani faoliyati davomida "Malyaorka"da prezident va "Valensiya"da menejer vazifalarini bajargan.
Fikrlar