Rasman! "Metallurg" sardori "Navbahor"ga qaytdi

  • 03.01.2025 21:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Uch yil mobaynida "Metallurg" sharafini himoya qilgan hujumchi Zabihillo O‘rinboev "Navbahor"ga qaytdi. Bu xususida "Navbahor" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yil 30 yoshni qarshilaydigan futbolchi bungacha “Bunyodkor” (Toshkent, 2013-2016 yillar), “Olmaliq” (Olmaliq, 2017 yilning 1-davrasi), “Paxtakor” (Toshkent, 2017 yilning 2-davrasi, 2019 yil), “Navbahor” (Namangan, 2020-2021 yillar) va “Metallurg” (Bekobod, 2018, 2022-2024 yillar) jamoalarida to‘p surgan.

U O‘zbekiston chempionligi hamda O‘zbekiston  kubogi (2013 yil) va superkubogini (2014 yil) qo‘lga kiritgan, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida 2018 yili Osiyo chempioni bo‘lgan. 

Zabihillo jarohatidan qaytgach, o‘tgan yil "Metallurg" safida 13 o‘yinda maydonga tushib 3 ta gol urdi hamda 2 ta assistni bajardi.
 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!