Rasman! Muhsin Muhammadiev "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi
Xabaringiz bor "Buxoro" Baxtiyor Ashurmatovning iste’fosidan so‘ng o‘ziga yangi murabbiy qidirayotgan edi. Bugun jamoa yangi bosh murabbiyni rasman e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘zbek futboli muxlislari uchun yaxshi tanish bo‘lgan tojikistonlik Muhsin Muhammadiev "Buxoro" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, 52 yoshli mutaxassis bunga qadar "Vityaz" (Podolsk, Rossiya), Tojikiston terma jamoasi, "Ordabasi" (Qozog‘iston), "Istiqlol" (Dushanbe) jamoalarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Fikrlar
Россия Примьер Лигасида хам ёркин из колдирган.
Бухоро яхши мутахассисга эга булибти.