Rasman! MYuning yana bir futbolchisi klubdan ketdi

  • 02.06.2022 15:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata faoliyatini boshqa jamoa libosida davom ettiradi.

"Qizil iblislar" matbuot xizmati ispaniyalik futbolchining klubdan ketganini rasman e’lon qildi. Mata mankuniyaliklar safiga 2014 yilda "Chelsi"dan kelib qo‘shilgandi.

Bu vaqt oralig‘ida u 285 uchrashuvda maydonga tushib, 51 gol va 47 assist muallifiga aylangan. Uning transferi 3 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!