Rasman! "Nasaf" yarim himoyachisi bilan shartnomani yangiladi
Javohir Sidiqov keyingi mavsum ham "Nasaf"da to‘p tepadi. Klub u bilan shartnoma muddatini uzaytirganini e’lon qildi.

Sidiqov "ajdarlar" tarkibiga 2023 yilda kelib qo‘shilgan. Bir mavsumlik ijaradan so‘ng jamoa u bilan bitim imzolagandi. 2024 yilning so‘nggida o‘z nihoyasiga etgan shartnomadan so‘ng yarim himoyachi Qarshini tark etishi kutilgandi, lekin rahbariyat futbolchini olib qolishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, Javohir o‘tgan mavsum "Nasaf" tarkibida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.



Fikrlar