Rasman! "Navbahor" hujumchisi "Surxon"ga o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Navbahor" hujumchisi Ibrohim G‘anixonov faoliyatini "Surxon"da davom ettiradi.

Termizliklar matbuot xizmati uning transferini e’lon qildi. 

"Ibrohim G‘anixonov - "Surxon" futbolchisi!

PFK "Surxon" vitse-prezidenti Jahongir Usmonov ma’lumotiga ko‘ra, jamoamiz o‘z safiga yangi futbolchini qo‘shib oldi. Klubimizga yangi hujumkor futbolchi qo‘shildi - Ibrohim G‘anixonov!

Ma’lumot uchun, G‘anixonov 2000 yil 14 iyulda tug‘ilgan. Futbolchi bungacha "Lokomotiv" hamda "Navbahor" jamoalarida faoliyat yuritgan",-deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, bir necha kun oldin saytimiz orqali bu transfer haqida ma’lumot bergandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!