Rasman! "Navbahor" "So‘g‘diyona" futbolchisini transfer qildi

  • 29 iyul, 2022, 23:52
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanib, o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan "Navbahor" tarkibiga mahoratli yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov qo‘shildi.

Tecno

Abdumannopov 2000 yil, 12 oktyabrda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. Doniyor Abdumannopov katta futboldagi faoliyatini 2016 yili Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida boshlagan va poytaxtliklar tarkibida bir mavsum o‘ynagan.

2017 – 2020 yillarda esa “Andijon” (Andijon) tarkibida to‘p tepgan. Shundan so‘ng, futbolchi faoliyatini xorijda davom ettirdi va o‘tgan mavsumni Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk) jamoasida o‘tkazdi.

Joriy mavsumning 1-davrasida “So‘g‘diyona” (Jizzax)da o‘ynagan mahoratli yarim himoyachi Superliga bahslarida jizzaxliklar tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TURDIYEV AKRAMJON
30/07/2022 09:30
Яхши трансфер олга навбахор