Rasman! Osimxen "Galatasaroy" futbolchisi
"Galatasaroy" ushbu yozning eng katta transferlaridan birini amalga oshirmoqda. Klub "Napoli"dan Viktor Osimxenni 75 million evroga sotib oldi.
O‘tgan mavsumni Turkiya jamoasida ijarada o‘tkazgan futbolchi endi to‘laqonli "Galatasaroy"ga tegishli. Biroz avval klub rasmiy sahifasi orqali u bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Bitim 2029 yilgacha amal qiladi
Bu orqali istanbulliklar rekor qayd etishdi. Ushbu transfer Turkiya futboli tarixida eng kattasi hisoblanadi. Ma’lumot uchun, "Fenerbahche" En-Nesirini 19.5 millionga sotib olgandi va bu rekord bo‘lib turgandi.

Eslatib o‘tamiz, Osimxen o‘tgan mavsum "Galatasaroy" tarkibida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va 8 ta assist amalga oshirgan.
Fikrlar