Rasman! O‘zbekistonlik yana bir futbolchi legionerga aylandi (Foto)

  • 5 sentabr, 2023, 09:33
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarusning "Isloch" klubi yangi transferni e’lon qildi. Jamoa o‘z safiga o‘zbekistonlik Sanjar Jumaboevni qo‘shib oldi. 21 yoshlik hamyurtimiz "Isloch" bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

min

Jumaboev 2002 yil 17 iyunda Toshkent viloyati Angren shahrida tug‘ilgan. U Toshkent futboli tarbiyalanuvchisi. 2020 yilda Olmaliq shahrining AGMK klubiga o‘tib, bir necha mavsum yoshlar (U-21) jamoalari chempionatida to‘p tepdi.

2021 yilda Sanjar AGMK bosh jamoasi bilan birgalikda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan asosiy turniri bo‘lmish OChL guruh bosqichida ishtirok etdi.

"Isloch" joriy mavsum Belarus Oliy ligasida 19-turdan so‘ng 30 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bu men
05/09/2023 10:11
Omadini bersin