Rasman! "Paxtakor" futbolchisi AGMKga o‘tdi

  • 22.07.2022 23:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AGMK yozgi transfer oynasidagi uchinchi kelishuvga erishdi.

Erkin agent maqomidagi hujumchi — Mirjahon Mirahmadov jamoa bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Mirjahon Mirahmadov futbolchilik faoliyatida «Bunyodkor», «Obod» va «Paxtakor» jamoalarida to‘p tepgan. Mirahmadov faoliyatida jami 97 uchrashuvda maydonga tushgan va 24ta gol urgan.

Futbolchi haqida ma’lumot: Mirjahon Mirahmadov

Tug‘ilgan sanasi: 1997 yil, 15 iyul

Ampluasi: Hujumchi

O‘ynagan jamoalari: «Bunyodkor» (2016-2021), «Obod» (17/18), «Paxtakor» (2022), AGMK (2022-…)

O‘tkazgan o‘yinlari soni: 97

Gollari: 24.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!