
Rasman! PSJ portugaliyalik hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi
Rasman Gansalu Ramush PSJ futbolchisiga aylandi. Bu haqda parijliklar rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Frantsiya klubi moliyaviy feyr-pley sabab hujumchini 80 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga oldi. U yangi klubida 9-raqam ostida harakat qiladi.
Ramush PSJga o‘tganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"PSJ - dunyodagi eng kuchli klublardan biri. Bu klubga o‘tish men uchun baxt", - dedi portugaliyalik strayker.
Fikrlar