
Rasman! Ramos yozda PSJdan ketadi
PSJ Serxio Ramosning mavsum yakunida jamoani tark etishini rasman e’lon qildi. 37 yoshli himoyachining Liga 1 giganti bilan shartnomasi tugashi sababli erkin agentga aylanadi.
PSJ safida Ramos ikki mavsum o‘tkazdi. Tajribali himoyachi klub safida 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Poytaxt klubi Serxioga ko‘rsatgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirdi va unga kelajakda muvaffaqiyatlar tiladi.
Ramos Parij grandiga o‘tishdan oldin o‘n olti yil davomida "Real" sharafini himoya qilgan va u erda klub afsonasiga aylangandi.
PSJ mavsumdagi so‘nggi o‘yinini 3 iyun kuni o‘z maydonida "Klermon"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar