Rasman! "Real" Nacho bilan shartnomani uzaytirdi

  • 8 iyul, 2021, 17:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Nacho bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. 31 yoshli ispaniyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan 2023 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekdi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Nacho “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U butun faoliyati davomida “Real”da o‘ynab kelmoqda.

Nacho o‘tgan davr mobaynida madridliklar safida jami 233 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“Real” o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida hamshahari “Atletiko”dan so‘ng 2-o‘rinni egalladi. Jamoa boshqaruvini esa Karlo Anchelotti o‘z qo‘liga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!