
Rasman! Senegal Frantsiyani diskvalifikatsiya qilish bo‘yicha apellyatsiyasini qaytarib oldi
Xabaringiz bor, 17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatidan Frantsiya chetlashtirishi mumkin edi. Ammo so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, frantsuzlar turnirda o‘z ishtirokini davom ettiradi.
FIFA bilan maslahatlashganidan so‘ng, Senegal futbol federatsiyasi o‘z apellyatsiyasini qaytarib oldi, biroq FIFA bu voqeada Frantsiya aybdor ekanligini tan olganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, jamoa a’zosi Yannis Issufu saralash doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda Niger terma jamoasi sharafini himoya qilgan. FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchilar bir musobaqa doirasida boshqa-boshqa jamoalar o‘yinchisi sifatida qatnashishi qat’iyan man qilinadi.
Demak O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi bo‘lmish Frantsiyaga qarshi uchrashuv o‘tkaziladi. Avvalroq, Senegal nimyaorak finalda frantsiyaliklarga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgandi.
Fikrlar