Rasman! "Sevilya" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 15.03.2019 21:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Sevilya" klubi bosh murabbiyi Pablo Machin o‘z lavozimidan iste’foga chiqarildi.

Andalusiyaliklar rahbariyati so‘nggi paytlarda qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar sabab uni iste’foga chiqarishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” kecha Evropa ligasi 1/8 final javob bahsida “Slaviya”ga (3:4) hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketgan edi. Ular ayni damda La Ligada 40 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!