Rasman! "Sevilya" yangi hujumchi sotib oldi

  • 17 yanvar, 2020, 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" klubi o‘zining rasmiy saytida "Leganes" forvardi  Yussef En-Nesirini sotib olganini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli marokashlik futbolchining transferi andalusiyaliklarga 20 mln evroga tushgan. Ular o‘rtasidagi shartnoma esa 2025 yilga qadar tuzilgan.

Ma’lumot uchun, En-Nesirini “Leganes” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 53 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!