Rasman! Talyafiko "Ayaks" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 4 may, 2019, 17:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi amsterdamliklar bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Talyafikoga "Barselona", "Real", "Bavariya", "Arsenal", "Inter", "Atletiko" va "Tottenxem" kabi jamoalardan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Talyafiko "Ayaks" safida 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 57ta o‘yinda ishtirok etdi va 6ta gol hamda 8ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!