
Rasman! Umtiti "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi
Ispaniyaning “Barselona” klubi frantsiyalik himoyachi Samuel Umtiti bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishganligini e’lon qildi. Klub rasmiy saytida yozilishicha, yangi shartnoma 2023 yilga qadar amal qiladi.
Xabarda aytilishicha, futbolchi va klub vakillari bu boradagi rasmiy shartnomani 4 iyun kuni imzolashadi.
Ma’lumot uchun, Umtiti 2016 yil Frantsiyaning “Lion” jamoasi safida “Barselona”ga kelib qo‘shilgan edi. Yakuniga etgan mavsumda u La Ligada 25 bahsda ishtirok etdi va 1 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar